Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya bir necha oy ichida mamlakatdagi noqonuniy migrasiya muammosiga barham berishga va’da berdi.
Uning aytishicha, hafta davomida noqonuniy migrasiyaga qarshi choralar kuchaytirilgan.
“Biz nafaqat har kuni reydlar o‘tkazilayotgan Istanbulda, balki mamlakatning 81 viloyatida ham bunga qarshi kurashyapmiz. Biz bu kurashni davom ettiramiz, ishonchim komilki, to‘rt-besh oydan keyin noqonuniy migrantlar bilan bog‘liq vaziyat aniq o‘zgaradi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.