Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiy tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platforma yaratiladi

Turkiy tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platforma yaratiladi

Xalqaro TURKSOY forumi doirasida «Madaniy merosni saqlashda kinoning o‘rni» mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator madaniy loyihalarning taqdimoti o‘tkazildi.

Jumladan, Islom sivilizasiyasi markazi multimedia bloki uchun tayyorlangan «Arab tili evolyusiyasi», «Masjid», «Sehrli ko‘za», «Baqtriya tarixi», «Klavixo», «Xudoybergan Devonov va nemis mennonitlari» «Muxtor Avezov» videoroliklar turkumi loyihalari, shuningdek «O‘zbekiston madaniy merosi» turkumiga oid hujjatli filmlar taqdimotlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, TURKSOY forumining OAV faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi. Turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda OAVning o‘rni, bundan tashqari OAVning madaniy merosga o‘zaro ta’siri, kontentni birgalikda ishlab chiqarishning qiyinchililari va imkoniyatlari, turizm va milliy brendingni rivojlantirishda OAVning roli, turkiy dunyo mamlakatlari kino va OAV uchun yagona platforma yaratish masalalari kabi mavzular muhokama qilindi.

Forum so‘ngida Turk tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platforma yaratish to‘g‘risidagi rezolyusiya qabul qilindi.

Kiritildi: 12:45 26.08.2024. O'qildi: 945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!