Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

“Turkiston islom harakati” terroristik tashkiloti a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi

“Turkiston islom harakati” terroristik tashkiloti a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston Respublikasi hududida terroristik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan “U.S.” xorijda ushlanib, mamlakatimizga olib kelindi.

Xususan, 1967 yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan “U.S.” 1998 yilda Chechenistonda jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, 1999 yilning 16 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etadi va o‘sha yilning mart oyida aylanma yo‘llar orqali xorijga chiqib ketadi.

Shuningdek, “U.S.” iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Chechenistonda tashkil etilgan jangarilarni tayyorlash lagerlariga “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkilotining O‘zbekistondan bo‘lgan a’zolarini jo‘natish bilan ham shug‘ullangan.

Ta’kidlash lozimki, “U.S.” 2001 yilning noyabr oyida boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga a’zo davlatlardan birining fuqaroligini olib, o‘sha mamlakat hududida yashirinib yurgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “U.S.” hibsga olindi.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:21 14.01.2022. O'qildi: 3543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!