Dasturiy ta’minot muammosi tufayli dunyo bo‘ylab ko‘plab aviakompaniyalarning chiptalarni sotish va bron qilish jarayonlarida uzilishlar kuzatildi.
Hodisa yuzasidan THY matbuot xizmati bayonotida: «Hurmatli yo‘lovchilar, biz dunyoning turli sohalaridagi ko‘plab kompaniyalarga ta’sir ko‘rsatayotgan axborot tizimlarining global nosozligi tufayli yuzaga kelgan muammoni hal qilish ustida ishlamoqdamiz. Parvozlarga xalaqit bermaslik uchun ba’zi reyslar bekor qilinadi va bizning reyslarimiz imkon qadar qisqa vaqt ichida asta-sekin normal faoliyatga qaytadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun hurmatli mehmonlarimizdan uzr so‘raymiz».
Ayni paytda global texnik muammo asosan hal qilingan. Aviakompaniyaning barcha bo‘linmalari o‘z faoliyatini normal holatga keltirish uchun sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda, deb yozadi Turk Havo Yo‘llari vakillari o‘zlarining X-dagi rasmiy sahifalarida.