Vazirlar Mahkamasining 06.07.2024 yildagi “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar qisqartirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 389-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- turar joylarni ijaraga berish va ularni sertifikatlash Yagona elektron reestrining yuritilishi bekor qilindi (10.07.2020 y. VMQ-433-son qarorining 2-b.);
- turizm xizmatlarini, shuningdek, mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi arizaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni, shu jumladan ijara shartnomasini belgilovchi hujjatlarini ilova qilish talabi bekor qilindi;
- markaz ("Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi" DUK) ariza beruvchining ko‘chmas mulkka doir huquqini belgilaydigan hujjatlar yoki bunday mulkning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ijara shartnomasini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi (10.07.2020 y. VMQ-433-son qaroriga 2-ilovaning 9-b. 5-x.b.);
- vakolatli davlat organi ariza beruvchining arizasiga muvofiq ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ko‘chirma yoki shu turdagi mulkning ijara shartnomasini «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi (27.11.2023 y. VMQ-622-son qaroriga 2-ilovaning 8-b. 4-x.b.).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 10.07.2024 yildan kuchga kirgan.