Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Turin shahrida ochiq havoda odamlardan 5 metrdan kamroq uzoqlikda chekish taqiqlandi

Turin shahrida ochiq havoda odamlardan 5 metrdan kamroq uzoqlikda chekish taqiqlandi

Turin chekuvchilar uchun chekish masofasini joriy qilmoqda: bolalar va homilador ayollar yaqinida, shuningdek, ochiq joylarda boshqa odamlarlarning roziligisiz ulardan besh metrdan kam masofada chekish mumkin emas.

“Mazkur chora sigaretalar, sigar, tamaki isitish tizimlari, har qanday yonadigan mahsulotlar va elektron sigaretlarga tegishli”, deyiladi Turin kommuna kengashi saytida.

Mart oyi boshida Italiya OAVlari mamlakat hukumati ochiq havoda bar va restoranlar, bog‘lar va jamoat transporti bekatlarida elektron sigaret chekishni taqiqlash rejalari haqida xabar bergan edi. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i yil oxiriga qadar qabul qilinishi ko‘zda tutilgandi, deb xabar beradi report.az.

Kiritildi: 10:54 26.04.2024. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!