Bugun 6 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayoni yanada tartibga solinadi

Turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayoni yanada tartibga solinadi

“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-11-son, 27.01.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi:

🔹turar va noturar joy ob’ektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;

🔹mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;

🔹uy-joy qurilishi sohasida investisiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;

🔹uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;

🔹uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.

Kiritildi: 09:52 01.02.2025. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!