Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

To‘qayev Hindistondagi BRIKS sammitida ishtirok etadi

To‘qayev Hindistondagi BRIKS sammitida ishtirok etadi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev 12–13 sentyabr kunlari Bosh vazir Narendra Modi taklifiga binoan Hindistonga amaliy tashrif bilan boradi. U Nyu-Dehlida o‘tkaziladigan 18-BRIKS sammitida ishtirok etadi.

To‘qayev «BRIKS+» formatidagi yalpi majlisda nutq so‘zlaydi. Tashrif doirasida Narendra Modi bilan muzokaralar hamda boshqa davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shundan so‘ng, 14–16 sentyabr kunlari Qosim-Jomart To‘qayev Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bilan boradi. 16 sentyabr kuni u ilk Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi sammitida ishtirok etadi.

Kiritildi: 19:22 11.09.2026. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!