Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Tuman tufayli Moskvadan uchgan uchta samolyot O‘zbekistonga qo‘na olmadi

Tuman tufayli Moskvadan uchgan uchta samolyot O‘zbekistonga qo‘na olmadi

Moskvadan uchta reys O‘zbekistonning Buxoro va Termiz shaharlariga tuman sabab qo‘na olmadi.

Bu haqda "Uzbekistan airports" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

"Buxoro" aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rish masofasi 100 metr) tufayli Moskva-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha HY9608 reysi ekipaji Navoiydagi muqobil aerodromga yo‘naltirishga qaror qildi", — deyiladi xabarda.

Xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha ketayotgan AFL1876 reysi Samarqandga yo‘naltirildi.

Shuningdek, Termiz aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Moskvadan Termizga uchayotgan AZO7055 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromni tanladi.

Kiritildi: 12:09 07.01.2026. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!