— Tuman hokimi o‘zi chiqargan qarorini o‘zi bekor qilishi mumkinmi?
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aholidan tushayotgan savollarga javob qaytarildi:
➖ «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi Qonunning 59-moddasiga asosan, ma’muriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki ma’muriy shikoyatiga ko‘ra ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organ, yuqori turuvchi ma’muriy organ tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Ma’muriy hujjat qonun hujjatlariga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, u ma’muriy organ tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi kerak.
Ushbu asoslarga ko‘ra tuman hokimi o‘zi qabul qilgan qarorini bekor qilishi mumkin.