Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Transport vositalari importida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish O‘zbekistonda 7 yildan beri (2017 yil) amalda

Transport vositalari importida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish O‘zbekistonda 7 yildan beri (2017 yil) amalda

Transport vositalari importida muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish O‘zbekistonda 7 yildan beri (2017 yil) amalda.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Texnik jihatdan tartiga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov ma’lum qildi.

Bugungi kunda respublikada transport vositalarining muvofiqligini baholash ishlari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament asosida akkreditasiyadan o‘tgan 11 ta sertifikatlashtirish idoralari va 12 ta sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Internet tarmog‘ida muhokamaga sabab bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarida keltirilgan “yangi tartib” aslida 2017 yildan buyon amalda. Bu tartib bekor qilingan emas.

Xususan, Reglamentning 5-bandiga asosan, muomalaga chiqarilayotgan transport vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun transport vositalari turi ma’qullanadi yoki muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi.

Kiritildi: 13:53 16.04.2024. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!