Avvalroq Kellogning Ukrainaga rejalashtirilgan tashrifi bekor qilingani xabar berilgan edi
"Hozirda Kit Kellogg Parijda bo‘lib, u yerda eronlik muxolifatchilarning tadbirida qatnashmoqda. Kellog ushbu tadbirda nutq so‘zlaydi", deb yozadi Reuters.
Tadbirni tashkillashtirgan Eron muxolifatining NCRI guruhi bir necha bor Tehronning amaldagi hukumatini ag‘darishga chaqirib keladi. Donald Tramp ma’muriyatida AQSh Davlat kotibi lavozimini egallashi kutilayotgan Mark Rubio ham avvalroq shunday yig‘inlarda so‘zga chiqqan edi.