Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Trampning Kanada va Meksikaga tahdidi nimadan iborat?

Trampning Kanada va Meksikaga tahdidi nimadan iborat?

Tramp shanba kunidan boshlab Kanada va Meksikadan keltirilayotgan mahsulotlarga 25% tarif joriy etilishini ma’lum qildi. Biroq, u hali ham bu mamlakatlardan olib kelinadigan neftni import soliqlari ro‘yxatiga kiritish-kiritmaslik masalasini ko‘rib chiqmoqda.

"Buni kiritishimiz ham, kiritmasligimiz ham mumkin," - deya u payshanba kuni Oq uyning Oval xonasida jurnalistlarga bildirdi.

Uning qarori Vashingtonning Shimoliy Amerikadagi ikki savdo hamkori belgilayotgan neft narxlarining adolatli yoki adolatsizligiga asoslanishi kerak.

Ammo uning qaroriga noqonuniy immigrasiya va fentanil ishlab chiqarishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar kontrabandasi masalasi ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu narkotik modda va boshqa sintetik opioidlar faqat AQShning o‘zida o‘n minglab odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 21:00 31.01.2025. O'qildi: 1118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!