Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Trampning Eronga zarbalarni kuchaytirish haqidagi bayonotlaridan so‘ng neft narxi ko‘tarildi — DW

Trampning Eronga zarbalarni kuchaytirish haqidagi bayonotlaridan so‘ng neft narxi ko‘tarildi — DW

1 aprel kuni barreli 100 dollardan pastga tushgan Brent markali neft narxi qariyb 7 foizga o‘sdi va u 108,15 dollarni tashkil etdi. West Texas Intermediate (WTI) narxi esa 6 foizdan ko‘proqqa oshib, 106,75 dollarga yetdi.

Donald Tramp xalqqa murojaatida Eronni "kuchli zarbalar" bilan "tosh davri"ga qaytarishga va’da berdi.

Tramp AQSh qo‘shinlari Eron bilan urushda qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarishga yaqin qolganini va urush tez orada tugashini aytgan bo‘lsa-da, ekspertlarning fikricha, bu so‘zlar investorlarda katta taassurot qoldirmadi.

SPI Asset Management eksperti Stiven Innesning tushuntirishicha, Tramp nizoning hal etilishi haqida emas, balki erishilgan maqsadlar, zarbalarning davom ettirilishi va ehtimoliy eskalasiya haqida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bozordagi "tugallanmagan ishlar" o‘zgaruvchanlik uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda va neft narxi bozor urush tugashini barvaqt kutgani sababli ko‘tarilib ketgan.

Kiritildi: 18:30 02.04.2026. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!