AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Oval kabinetda janjallashib qolganidan keyin uni yana Oq uyga taklif qilishini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy bog‘ida OAV vakillariga AQSh va Ukraina o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralarga baho berdi.
“Ukraina bu kelishuvni qabul qildi va umid qilamanki, Rossiya buni qabul qiladi. Bugun va ertaga ular bilan gaplashamiz va kelishuvga erishamiz degan umiddamiz”, dedi u.
ikki davlat o‘rtasidagi jarayon to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga olib kelishiga umid bildirdi: “Bu yerda biz to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish haqida gapiryapmiz. Ukraina buni qabul qildi va umid qilamanki, Rossiya ham bu taklifni qabul qiladi”.
Ukraina prezidenti Zelenskiy “Oq uyga qayta taklif qilinadimi” degan savolga Tramp “Ha, mutlaqo”, deb javob berdi.