Bugun 4 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Zelenskiydan omma oldida uzr so‘rashini kutmoqda — Bloomberg

Tramp Zelenskiydan omma oldida uzr so‘rashini kutmoqda — Bloomberg

"AQSh prezidenti ma’muriyati norasmiy tarzda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan jamoatchilik oldida uzr so‘rashini kutayotganini bildirdi. Bu buzilgan munosabatlarni tiklash uchun muhim deb hisoblanmoqda", deb yozadi Bloomberg Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaralarga yaqin bo‘lgan manbasiga tayanib.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, London Vashingtonni Kiyev bilan muzokaralar stoliga qaytarishga uringan, biroq rad javobini olgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni Volodimir Zelenskiy va Donald Tramp o‘rtasida AQSh vise-prezidenti Jeyms Devid Vens ishtirokida bahsli vaziyat yuz berdi, natijada Ukraina prezidenti imzolash uchun Vashingtonga uchib kelgan foydali qazilmalar bo‘yicha bitim barbod bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, voqeadan so‘ng, Oq uy Ukrainani Rossiyaga qarshi mudofaa urushida qo‘llab-quvvatlashni butunlay to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

1 mart kuni Londonda Starmer va Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Britaniya bosh vaziri Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Ukraina va Buyuk Britaniya 2,7 milliard yevrodan ortiq qarz bitimini imzoladi.

Bloomberg'ning yozishicha, 2 mart kuni Starmer Londondagi sammitda AQShning o‘nlab ittifoqchilari bilan uchrashib, "agar Tramp Putin bilan kelishuv tuzib, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechsa, Ukrainani va umuman Yevropani himoya qilish qobiliyatini mustahkamlash" masalasini muhokama qiladi.

Kiritildi: 13:10 02.03.2025. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!