Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 10 minggacha qo‘shin yuborishni ko‘rib chiqmoqda

A A A
Tramp Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 10 minggacha qo‘shin yuborishni ko‘rib chiqmoqda

Bu haqda rejalardan xabardor Pentagon rasmiylari The Wall Street Journal gazetasiga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kuchlar tarkibiga 10 minggacha harbiy xizmatchi va zirhli texnika kirishi mumkin. Ular avvalroq mintaqaga yuborilgan qariyb 5 ming dengiz piyodasi va 82-havo-desant diviziyasi askarlariga qo‘shiladi.

"Avval ham aytganimizdek, barcha harbiy variantlar prezident Tramp ixtiyorida qoladi", — dedi Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Anna Kelli.

Hozircha qo‘shinlar qayerga joylashtirilishi aniq emas. Ular Eron chegarasi yaqinida yoki Eron neftining 90 foizi eksport qilinadigan Xarg oroli atrofida joylashtirilishi mumkin. Fors ko‘rfazida joylashgan, uzunligi qariyb 8 kilometr bo‘lgan Xarg oroli mamlakatning muhim neft markazi hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!