AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilishini aytdi.
Tramp bu haqda Oq uyda Polsha prezidenti Karol Navroski bilan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi.
"Men Putin bilan tez orada gaplashaman va nima qilishimizni aniq bilib olaman. Biz juda qattiq choralar ko‘rdik, o‘zingizga ma’lum. Lekin yaqin kunlarda u bilan gaplashaman, keyin hamma narsa aniq bo‘ladi. Men nima bo‘layotganini aniq bilib olaman", - dedi Tramp.
Shu bilan birga, Amerika yetakchisi dastlab Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni “hal qilish oson” deb hisoblaganini yana bir bor ta’kidladi, biroq vaziyat ancha murakkab bo‘lib chiqdi.