Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp yana Jorja Melonini masxara qildi

Tramp yana Jorja Melonini masxara qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Italiya bosh vaziri Jorja Meloniga nisbatan yana keskin bayonot qildi. U o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Meloni bilan tushgan tahrirlangan suratni joylashtirib, unga «RESTRAINING ORDER NEEDED» («Yaqinlashishni taqiqlovchi sud qarori kerak») degan izohni yozdi.

Bu post Tramp va Meloni o‘rtasidagi so‘nggi haftalarda avj olgan ommaviy tortishuvning davomi bo‘ldi. Avvalroq Tramp Meloni uning bilan suratga tushish uchun «iltimos qilgani»ni da’vo qilgan edi. Italiya bosh vaziri esa bu iddaoni «to‘qib chiqarilgan» deb atagan.

Shu bilan birga, faktcheking tashkilotlari Tramp e’lon qilgan surat tahrirlanganini, Melonining yuz ifodasi aslidagidan o‘zgartirilganini qayd etdi.

Kiritildi: 18:52 06.07.2026. O'qildi: 2097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!