AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerika kassetali o‘q-dorilarining Ukrainaga berilishiga qarshi.
Siyosatchining bayonoti uning matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.
"Jo Bayden Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berish orqali bizni hech qachon uchinchi jahon urushiga yaqinlashtirmasligi kerak, u urushni to‘xtatishga va noqobil ma’muriyat sabab bo‘lgan dahshatli o‘lim va vayronagarchilikni to‘xtatishga harakat qilishi kerak", dedi Tramp.
Kassetali o‘q-dorilarni yetkazib berish AQShda oddiy o‘q-dorilar tugab borayotganini anglatadi, dedi u.