Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Isroilni bunday ehtimol haqida allaqachon xabardor qilgan, Tel-Avivda esa harbiy harakatlar qayta boshlanishiga va Tehronning ehtimoliy javobiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Xabar qilinishicha, Isroil Mudofaa armiyasi va Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi vakillari so‘nggi kunlarda Eronning yoqilg‘i va energetika infratuzilmasiga zarba berish variantlarini muhokama qilishgan.
Yangi hujumdan maqsad – Tehronga bosimni kuchaytirish va uni yadroviy dastur bo‘yicha Vashington uchun manfaatliroq shartlarda muzokaralarga qaytishga majbur qilishdir, deyiladi xabarda.