Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Tramp: Venesuela neftidan tushgan yirik daromadlar tez orada xalqqa yordam beradi

Tramp: Venesuela neftidan tushgan yirik daromadlar tez orada xalqqa yordam beradi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela neftini sotishdan olingan katta mablag‘lar yaqin vaqt ichida mamlakat xalqiga sezilarli yordam berishini bildirdi.

Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib, AQSh va Venesuela o‘rtasidagi munosabatlarni “g‘ayrioddiy darajada yaxshi” deb atadi. U amaldagi prezident Delsi Rodriges va uning vakillari bilan yaxshi aloqalar o‘rnatilganini qayd etdi.

“Neft yetkazib berish boshlandi va ko‘p yillar davomida kuzatilmagan darajadagi katta mablag‘lar tez orada Venesuela xalqiga katta yordam beradi. Marko Rubio va barcha vakillarimiz ajoyib ish olib bormoqda”, — deb yozdi Tramp.

Avvalroq AQSh energetika vaziri Kris Rayt Vashington tomonidan 1 milliard dollardan ortiq qiymatdagi venesuela nefti sotilganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 23:06 12.02.2026. O'qildi: 212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!