Suriya prezidenti Ahmad al-Sharaa amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi, suhbat davomida ular Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Bu haqda Suriya prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ikki rahbar Suriyaning birligi va mustaqilligini saqlash, shuningdek, mamlakatda barqarorlikka erishishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini yana bir bor tasdiqladilar. Ular Suriya davlati ichida kurd aholisining huquqlari va himoyasini ta’minlash zarurligini ta’kidladilar.
Ikki rahbar ham ISHID terrorchilik tashkiloti va uning tahdidlariga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar. Shuningdek, ikki prezident mintaqaviy va xalqaro muammolarga qarshi tura oladigan kuchli va birlashgan Suriyani ko‘rish istagini bildirdilar.
"Suhbat davomida bir qator mintaqaviy masalalar muhokama qilindi, Suriyaga yaxshiroq kelajakka intilish uchun yangi imkoniyat berish muhimligiga urg‘u berildi", deyiladi bayonotda.