Qarshiliklarga qaramay, Tramp G‘azo rejasi "hammaga yoqishini" ta’kidlamoqda.
Uning kutilmagan taklifi xalqaro qoralashlarni keltirib chiqarishda davom etar ekan, AQSh prezidenti falastinliklarni G‘azodan chiqarib yuborish va uni AQSh nazoratiga olish g‘oyasi "hammaga yoqishini" aytmoqda.
"Bu hammaga yoqadi," dedi Tramp Oval kabinetda jurnalistlarga rejasiga bo‘lgan munosabat haqida so‘ralganda. Keyin u AQShning yangi bosh prokurori Pem Bondining qasamyod marosimini boshqarayotgani sababli, qo‘shimcha savollar uchun "hozir vaqti emasligini" aytdi.
Prezident Donald Tramp, falastinliklar qo‘shni mamlakatlarga ko‘chirilgandan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar urushdan xarob bo‘lgan G‘azo sektorini o‘z nazoratiga olishini va bu hududni "dunyo xalqlari" yashashi uchun rivojlantirishni istayotganini bildigan.