AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatning asosiy dushmani Venesuelaning «Tren de Aragua» to‘dasi ekanligini ma’lum qildi.
Bu haqda «The New York Post» nashri yozdi, deb yozadi «Report».
«Birinchi kuni men Amerika tarixidagi eng yirik deportasiya dasturini ishga tushiraman. Biz bu bezorilarning hammasini haydab chiqarishimiz kerak. Men bosib olingan har bir shaharni qutqaraman. Biz bu qonxo‘r jinoyatchilarni qamoqqa tashlaymiz, keyin esa ularni mamlakatdan haydab chiqaramiz», dedi Tramp 1789 yildagi «Xorijiy dushmanlar to‘g‘risida»gi qonunni qo‘llash bilan tahdid qilib.
Eslatib o‘tamiz, jinoiy guruh Venesuelada taxminan 15 yil avval tuzilgan. Amerika xavfsizlik kuchlari jinoiy guruhni bir qancha mamlakatlar – Peru, Chili va Kolumbiya milliy xavfsizligiga tahdid deb atagan.