Bugun 18 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp o‘zi rahbarligida tashkil etilayotgan Tinchlik Kengashiga doimiy a’zo bo‘lish uchun 1 milliard dollar to‘lashni taklif qildi

Tramp o‘zi rahbarligida tashkil etilayotgan Tinchlik Kengashiga doimiy a’zo bo‘lish uchun 1 milliard dollar to‘lashni taklif qildi

Donald Tramp o‘zi rahbarligida tashkil etilayotgan Tinchlik Kengashiga doimiy a’zo bo‘lish uchun 1 milliard dollar to‘lashni taklif qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Agentlik tanishgan kengash nizom loyihasida Tramp unda kimlarni ishtirok etishga taklif qilishni o‘zi hal qilishi aytilgan.

Har bir davlatning bitta ovozi bo‘ladigan kengash qarorlari ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ammo qabul qilingan barcha qarorlar Kengash raisi, ya’ni Tramp tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.

Nizom loyihasiga ko‘ra, Tinchlik Kengashi mojaroli hududlarda barqarorlikni ta’minlash va tartibni tiklash uchun tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. 16 yanvarda tashkil etilishi e’lon qilingan ushbu tashkilotning birinchi vazifasi G‘azo sektorini tiklash bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 14:16. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!