Tramp o‘z maslahatchilari bilan Eronga qarshi amaliyot yakunlanganini e’lon qilish imkoniyatini yopiq tarzda muhokama qilmoqda — The Wall Street Journal.
Nashrning amerikalik mulozimlarga tayanib xabar berishicha, Oq uy rahbari bu g‘oyaga tobora ko‘proq moyillik bildirmoqda. Prezidentning yordamchilari esa Trampni Eron bilan urushning so‘nggi javob zarbalari vaziyatning o‘ta keskinlashishiga olib kelishi va noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kongress uchun oraliq saylovlarda respublikachilarning imkoniyatlarini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti iqtisodiy bosim ostida Eron rahbariyati yo yadroviy dasturini tugatishiga, yoki qulashiga ishonmoqda.
So‘nggi haftalarda Tramp Eronni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish umidida iqtisodiy bosim kampaniyasini olib bormoqda, biroq Tehron chekinishning hech qanday belgisini ko‘rsatmayapti. AQSh va Eron qo‘shinlari o‘rtasida o‘zaro zarbalar almashinuvi davom etmoqda.