Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Ukrainaga yangi qurol yetkazib berish rejasini e’lon qilmoqchi

Tramp Ukrainaga yangi qurol yetkazib berish rejasini e’lon qilmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga, jumladan hujumkor turdagi, yangi qurol-yarog‘ yetkazib berish rejasini taqdim etishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.

Nashr manbasiga ko‘ra, Kiyev uchun yangi harbiy yordam paketidan uzoq masofali raketalar o‘rin olishi mumkin — ular Rossiyaning chuqur hududlariga, jumladan Moskvagacha yetib borish qobiliyatiga ega. Biroq manbalarga ko‘ra, bu qaror hali yakuniy tasdiqdan o‘tmagan.

Axiosning yozishicha, Trampning bunday qat’iy pozisiyasiga 3 iyulda Rossiya prezidenti bilan bo‘lgan telefon suhbati ta’sir qilgan bo‘lishi m'umkin.

Suhbatdan so‘ng Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga shunday degan:

«U [Putin] hammanikini olib qo‘ymoqchi».

Yangi tashabbusga ko‘ra, AQSh qurollari Yevropa mamlakatlari tomonidan moliyalashtiriladi va keyinchalik Ukrainaga yuboriladi.

Avvalroq Tramp Yevroittifoq mablag‘lari hisobidan Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam, jumladan Patriot ZRK uchun raketalar yuborilishini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 13:43 14.07.2025. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!