Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Ukraina mojarosini hal qilish oson emasligini tan oldi

Tramp Ukraina mojarosini hal qilish oson emasligini tan oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shukronalik kunini Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni hal etish hamda Eron masalasi bilan shug‘ullanishga bag‘ishlaganini ma’lum qildi.

Oq uy rahbari Mar-a-Lago qarorgohida o‘tkazilgan tadbirda jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, tinchlikka erishish yo‘lidagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

"Men yana bir kichik loyiha ustida ishlayapman: Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatishga harakat qilyapman. Bu esa oson ish emas", — dedi Tramp.

Amerika yetakchisi ayni vaqtda Eron masalasi bilan ham shug‘ullanishda davom etayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 06:41. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik