AQSh ma’muriyati taxminan ikki hafta ichida Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarining borishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritishni kutmoqda.
Bu haqda prezident Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, ma’lum qildi.
Rossiya haqiqatan ham mojaroni tugatmoqchi ekaniga ishonasizmi, degan savolga Tramp shunday javob berdi:
- Hozir aytolmayman, lekin ikki hafta ichida xabar qilaman.
AQSh prezidenti, shuningdek, muzokaralar jarayonini ilgari surish uchun zarur bo‘lsa, Rossiya va Ukraina yetakchilari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi.