Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp tahdid qilmoqda! Tesla`ni sabotaj qilganlar 20 yilgacha qamalishi mumkin

Tramp tahdid qilmoqda! Tesla`ni sabotaj qilganlar 20 yilgacha qamalishi mumkin

Tesla avtomobil ishlab chiqaruvchisini sabotaj qilishda aybdor deb topilganlar 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social nashrida ma’lum qilgan.

"Teslani sabotaj qilayotganda qo‘lga olingan odamlar 20 yilgacha qamoqqa tushish majburiyatiga ega bo‘ladi, bunga ularning homiylari ham kiradi. Biz sizni qidiramiz", - deb yozgan u.

Avvalroq AQSh Federal qidiruv byurosi Ilon Maskga tegishli Tesla kompaniyasining avtomobillari va dilerlik markazlariga nisbatan vandalizm harakatlari yuzasidan tekshiruv olib borayotgani xabar qilingandi.

Tramp o‘shanda Tesla avtomobillari, dilerlik markazlari va zaryadlash stansiyalariga qarshi vandalizm harakatlarini sodir etgan hujumchilarni terrorchilar deb bilishini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, Oq uy rahbari vandalizm xatti-harakatlarini amalga oshirayotgan xalq ortida uning siyosiy raqiblari turganiga ishonch bildirdi.

Kiritildi: 11:20 21.03.2025. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!