Villa Vie Odyssey kemasidagi kruiz 4 yilga mo‘ljallangan. Sayohatchilar yetti qit’adagi 140 dan ortiq davlatni ko‘rishi kutilmoqda. All inclusive tizimi bo‘yicha bir kishilik chipta narxi 255,9 ming dollardan boshlanadi. Ikki o‘rinli xonaning boshlang‘ich narxi esa 319 ming dollar.
2026 yil kuzida Kongressga oraliq saylovlardan keyin shtatlardagi o‘zgarishlarga umid qilganlar “Oraliq saylovlar” paketini sotib olishi mumkin. Bir kishilik 150 399 dollar, ikki kishilik 187 998 dollarga baholangan. Mazkur turpaket ikki yildan keyin AQShga qaytishga mo‘ljallangan.
Kema spa xizmatlari va fitnes dasturlari bilan jihozlangan bo‘lib, chipta narxiga ovqatlanish ham kiradi — tushlik va kechki ovqat paytida bepul pivo va sharob taqdim etiladi.
Business Insider avvalroq agar sobiq prezident Donald Tramp 2024 yilgi saylovoldi kampaniyasida qayta saylansa, millionlab amerikaliklar mamlakatni tark etishni o‘ylayotganini xabar qilgandi. Uning g‘alabasi e’lon qilingach, “Kanadaga ko‘chib o‘tish” iborasini qidirish tezlashdi.
Odyssey kemasida sayohat qilish dunyoning boshqa hech bir joyida fuqarolik huquqini bermasa-da, u yo‘lovchilarga tirbandliklar, siyosat va shahar hayotining bir xilligidan qochish imkoniyatini taqdim etadi, deydi Villa Residences vakili.