Tramp saylovdagi sobiq raqibi kichik Robert Kennedini AQSh Sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatdi
Kennedi emlashga qarshi va fitna nazariyalari tarafdori ekanligi bilan tanilgan.
"Amerikaliklar juda uzoq vaqt davomida oziq-ovqat sanoati majmuasi va farmasevtika kompaniyalaridan jabr ko‘rishgan. Ular jamoat salomatligi masalalarida yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumotlarga murojaat qilishgan. Kennedi vazir sifatida surunkali kasalliklar epidemiyasini tugatadi hamda Amerikani yana buyuk va sog‘lom qiladi", — deya fikr bildirdi Tramp.