Donald Tramp Fors ko‘rfazini Arab ko‘rfazi deb atashni taklif qilmoqchi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Tramp o‘z qarorini Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida taqdim etishni rejalashtirgan.
Bu AQSh prezidentining birinchi marta geografik nomni o‘zgartirishi emas. Yanvar oyi oxirida Tramp Meksika ko‘rfazining nomini Amerika ko‘rfaziga o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmon chiqargandi. BMT esa ushbu masalaga munosabat bildirib, geografik ob’ektlar nomini o‘zgartirish har qanday alohida davlatning vakolati emasligini ta’kidlagandi.
Oq uy prezident Donald Tramp 13-16 may kunlari Yaqin Sharqqa safar qilishi va Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga tashrif buyurishini ma’lum qilgandi.