Tramp Eron urushi bo‘yicha fikri tufayli Vensdan hafsalasi pir bo‘ldi va Rubioni ehtimoliy voris sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Bunga vise-prezidentning Eron bilan urush Respublikachilarning AQSh Kongressiga oraliq saylovlarda mag‘lubiyatga uchrashiga sabab bo‘lgani haqidagi bayonotlari turtki bo‘ldi, deb yozadi gazeta.
Trampning fikricha, Vens Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlash qarori to‘g‘ri bo‘lganini ta’kidlashi kerak edi. Shu bilan birga, AQSh yetakchisi shaxsiy suhbatlarda urushni qo‘llab-quvvatlayotgan davlat kotibi Rubioni maqtamoqda va uni 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida potensial nomzod sifatida ko‘rmoqda.