Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Rossiya va Ukraina vakillarining Istanbulda o‘tkaziladigan muzokaralaridan “anchayin yaxshi” natijalar kutayotganini aytdi

Tramp Rossiya va Ukraina vakillarining Istanbulda o‘tkaziladigan muzokaralaridan “anchayin yaxshi” natijalar kutayotganini aytdi

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, davlat kotibi Marko Rubio va Qo‘shma Shtatlarning boshqa vakillari ham Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun Turkiyaga borishadi.

Donald Trampning boshqa bayonotlari:

◾️ AQSh Suriyaning yangi hukumati mamlakatni barqarorlashtirishiga va tinchlik olib kelishiga umid qilmoqda;

◾️ Suriyaga “imkoniyat berish” uchun bu davlatga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni rejalashtiryapman. Bu qarorga Turkiya prezidenti va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan muzokaralardan so‘ng keldim;

◾️ Agar Tehron AQSh bilan yadroviy kelishuvdan chiqsa, Eron inqiroz holatiga tushadi va mamlakat neftini yetkazib berish to‘xtatiladi;

◾️ Eron Yaqin Sharq mintaqasidagi bir qancha davlatlarga “tasavvur qilib bo‘lmaydigan azob-uqubatlar” yetkazmoqda.

Kiritildi: 22:01 13.05.2025. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!