Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Tramp: "Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatilgunga qadar o‘t ochishni to‘xtatish muhim"

Tramp: "Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatilgunga qadar o‘t ochishni to‘xtatish muhim"

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Federasiyasi va Ukraina yetakchilari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy mojaroni hal qilish uchun umumiy til topa olishiga umid bildirdi.

Tramp bu haqda Oq uyning Sharqiy xonasida Zelenskiy va YEI yetakchilari bilan guruh uchrashuvida aytib o‘tgan.

Trampning aytishicha, uchrashuvdan maqsad "Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni uyquga qo‘yish"ga urinishdir.

Avvalroq u Zelenskiy bilan Oval kabinetda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimi tuzilgunga qadar o‘t ochishni to‘xtatish "kerak emasligini" aytgandi. Yevropa Ittifoqi yetakchilari va Zelenskiy bilan bir soatlik yopiq uchrashuvdan so‘ng, Tramp jurnalistlarga "barchamiz uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish uchun harakat qilayotganimizda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni afzal ko‘rishimiz aniq", dedi.

Kiritildi: 08:30 19.08.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!