Tramp Qatarga rasmiy tashrif bilan keldi va so‘nggi 22 yil ichida bu mamlakatga tashrif buyurgan birinchi Amerika prezidenti bo‘ldi.
Aeroportda uni Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy kutib oldi.
Tashrif chog‘ida G‘azo sektoridagi vaziyat va Qatar vositachilardan biri bo‘lgan HAMAS va Isroil o‘rtasidagi muzokaralar haqida so‘z borishi kutilmoqda.