AQSh prezidenti Donald Tramp qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jomart To‘qayevga bir qancha sovg‘alarni yubordi.
Bu haqda Qozog‘iston OAVlari prezident yordamchisi va matbuot kotibi Ruslan Jeldibay bayonotiga tayanib xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Tramp To‘qayevga Oq uyning ramziy kaliti va shaxsiy imzosi tushirilgan beysbol kepkasini sovg‘a qilgan.
Qozog‘iston matbuotining yozishicha, Amerika yetakchisi o‘z hurmatini ta’kidlab, To‘qayevni “ajoyib inson va xalqaro voqealarni chuqur va muvozanatli tushunadigan tajribali davlat arbobi” deb ta’riflagan.