Tramp mudofaaga YAIMning 5 foizidan kam mablag‘ ajratadigan NATO davlatlarini harbiy qo‘llab-quvvatlash va ovoz berish huquqidan mahrum qilmoqchi
Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Telegraph yozmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy mudofaaga yetarli mablag‘ ajratmayotgan ittifoqchilarni alyansni kengaytirish, qo‘shma missiyalar va hatto hujum bo‘lgan taqdirda o‘zaro yordamni nazarda tutuvchi 5-modda bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonidan chetlatishni rejalashtirmoqda.
Hozircha NATO'ga a’zo birorta davlat, jumladan, Qo‘shma Shtatlarning o‘zi ham, mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizi darajasiga yetkazmagan.