Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Minneapolisdagi migrasiya amaliyotini o‘zgartirdi

Tramp Minneapolisdagi migrasiya amaliyotini o‘zgartirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Minneapolisda o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli migrasiya amaliyotini qayta ko‘rib chiqdi. Bu qaror federal agentlar tomonidan 37 yoshli AQSh fuqarosi Aleks Pretti otib o‘ldirilganidan so‘ng yuzaga kelgan jamoatchilik noroziligi fonida qabul qilindi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning chegara masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tom Xoman amaliyotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilish uchun Minneapolisga yuborilgan. Bu qadam Oq uyning vaziyatni yumshatish va ma’muriyatga nisbatan tanqidlarni kamaytirishga qaratilgan.

Ayni paytda federal sudya ICE’ga garov masalalari bo‘yicha sud jarayonlarini o‘tkazishni buyurgan. Shuningdek, tarqalgan videoyozuvlar Pretti federal agentlarga tahdid solgani haqidagi rasmiy bayonotlarga zid ekani aytilmoqda.

Kiritildi: 22:22 27.01.2026. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!