Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp: "Men Erdo‘g‘onni juda yaxshi ko‘raman"

Tramp: "Men Erdo‘g‘onni juda yaxshi ko‘raman"

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Tramp bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Men Erdo‘g‘onni juda yaxshi ko‘raman va biz juda muhim telefon qo‘ng‘irog‘ini o‘tkazamiz", dedi u.

AQSh prezidenti Donald Tramp shuningdek, Suriya masalasiga ham to‘xtalib, Suriya yetakchisi Ahmad ash-Sharaaning faol ishini ta’kidladi.

"Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa tinimsiz ishlamoqda. U kuchli va qat’iyatli inson. Men kecha u bilan gaplashdim va qamoqxonalardagi vaziyatni muhokama qildik. Bu qamoqxonalarda dunyodagi eng xavfli terrorchilar saqlanmoqda. Al-Sharaa bu jarayonni nazorat qilmoqda", deb ta’kidladi Amerika yetakchisi.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!