Agentlik manbasiga ko‘ra, bu taklif Qo‘shma Shtatlarning Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilish rejasiga kiritilgan.
Reja, xususan, mojaroni muzlatish, Rossiyaning Qrim ustidan nazoratini tan olish va urush tufayli AQSh tomonidan Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutadi.
Tramp ma’muriyati rejasiga ko‘ra, Ukraina Qo‘shma Shtatlardan ishonchli xavfsizlik kafolatlari va qurolli kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini oladi.