Tramp mamlakatning umumiy hajmi qariyb 1 trillion dollar bo‘lgan mudofaa byudjetini qisqartirish niyati yo‘qligini aytdi.
"Biz endigina 1 trillion dollarlik harbiy byudjet tuzdik. Ba’zilar uni qisqartirishimni so‘rashmoqda. Men uni hatto 10 sentga ham qisqartirmayman. Qisqartirish mumkin bo‘lgan boshqa xarajatlar bor", — dedi prezident UYEst-Poynt harbiy akademiyasidagi nutqida.
Bundan tashqari, Tramp Rossiya Qo‘shma Shtatlardan gipertovushli raketa texnologiyasini o‘g‘irlaganini aytdi.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu voqea Barak Obama prezidentligi davrida sodir bo‘lgan.