Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Maduroga qo‘shimcha ayblov qo‘yilishi mumkinligini aytdi

Tramp Maduroga qo‘shimcha ayblov qo‘yilishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduroga mamlakat qamoqxonalaridagi mahbuslarni AQShga yuborgani bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ayblov qo‘yilishi mumkinligini istisno qilmadi.

«Ular o‘z qamoqxonalarini bo‘shatib, mahbuslarni AQShga yuborishgan», — dedi Tramp.

AQSh rahbarining ta’kidlashicha, Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga allaqachon «o‘ta jiddiy jinoyatlar» bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan va ular sud oldida javob beradi.

Trampning qo‘shimcha qilishicha, mahbuslarni AQShga yuborish bilan bog‘liq ayblov, uning bilishicha, hozircha qo‘yilmagan. Biroq u kelgusida bunday ayblov ham ilgari surilishi mumkinligini aytdi.

Kiritildi: 14:37 03.09.2026. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!