Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi

Tramp Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda AQSh va Kolumbiya vakillarining uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Fox News yozdi.

«Men uchun Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro bilan suhbatlashish katta sharaf edi, u giyohvand moddalar bilan bog‘liq vaziyatni va bizda bo‘lgan boshqa kelishmovchiliklarni tushuntirish uchun qo‘ng‘iroq qildi. Men undan qo‘ng‘iroq va suhbat ohangi uchun minnatdorman va yaqin orada u bilan uchrashishni intiqlik bilan kutmoqdaman», deb ta’kidladi Tramp.

Oq uy rahbarining qo‘shimcha qilishicha, hozir davlat kotibi Marko Rubio va Kolumbiya tashqi ishlar vaziri o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Tomonlar Oq uydagi uchrashuvni muhokama qilmoqda.

Jurnalistlarning eslatishicha, AQSh prezidenti Venesueladagi operasiyadan so‘ng Gustavo Petroni ogohlantirgan va Kolumbiyada operasiya o‘tkazilishi ehtimolini istisno qilmadi.

Kiritildi: 23:27 08.01.2026. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!