AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Yuta shtatida o‘ldirilgan konservativ faol Charli Kirk xotirasiga AQShda bayroqlarni tushirishni buyurdi.
Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
"Amerikaning chinakam buyuk vatanparvari Charli Kirk sharafiga barcha Amerika bayroqlarini yakshanba kuni soat 18:00 ga tushirishni buyuraman", — deb yozdi Vashington ma’muriyati rahbari.
Tramp avvalroq Kirk suiqasddan keyin vafot etganini aytgan edi. Amerika yetakchisi faolning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.