AQSh prezidenti Donald Tramp fevral oyidan boshlab Kanada va Meksikadan keltirilayotgan mahsulotlarga boj to‘lovlari joriy etish niyatidan qaytmagani haqida seshanba kuni Oq uyda ma’lum qilindi.
"Prezident Kanada va Meksikaga nisbatan boj to‘lovlarini joriy etish rejalaridan voz kechmaganini ta’kidladi," - deya Amerika rahbari matbuot kotibi Kerolin Levitt bayonot berdi.
Jurnalistning Tramp Xitoydan keltirilayotgan mahsulotlarga 10 foizlik boj joriy etishni rejalashtirmoqdami, degan savoliga javoban Levitt bu masalani "hamon jiddiy ko‘rib chiqish niyatida ekanligini" aytdi.
Bundan oldinroq, yanvar oyida Tramp Kanada va Meksikadan keltirilayotgan mahsulotlar uchun import tariflarini oshirish va Xitoy importiga qo‘shimcha boj to‘lovlari joriy etish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.