AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga qo‘ng‘iroq qilib, agar Kanada hududlari AQShning 51-shtatiga aylansa, kanadaliklar uchun soliqlar 60 foizdan ko‘proqqa kamaytirilishini aytdi.
Amerikalik siyosatchi bu haqda Truth Social tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
"Kanada gubernatori Jastin Tryudoni Rojdestvo bayrami bilan tabrikladim. Uning fuqarolarining soliqlari juda yuqori, ammo Kanada 51-shtat bo‘lsa, ularning soliqlari 60 foizdan ko‘proq qisqartiriladi, bizneslari ikki baravar ko‘payadi va ular dunyoning boshqa hech bir davlati kabi himoyalanmagan bo‘lardi", — dedi u.
Bundan tashqari, AQShning saylangan prezidenti “Panama kanalini ehtiyotkorlik bilan, lekin noqonuniy ravishda boshqarayotgan ajoyib Xitoy askarlarini” Rojdestvo bayrami bilan tabrikladi.
Tramp, shuningdek, Grenlandiyani Rojdestvo bayrami bilan tabrikladi, u "Amerika Qo‘shma Shtatlariga milliy xavfsizlik maqsadlari uchun kerak va AQSh o‘z tuprog‘ida bo‘lishini xohlaydi".
"Biz u yerda bo‘lamiz", deya qo‘shimcha qildi u.