Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp demokratlar partiyasidan raqibi Kamala Xarris 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa, uning Rossiya va Xitoy bilan muvaffaqiyatli muzokara olib borishiga shubha bildirdi.
"Kamala Xarris Rossiya yoki Xitoy bilan yadro urushi haqida gaplashishiga ishonasizmi? Bizni iqtisodiy inqirozdan olib chiqishga ishonasizmi? IQ darajasi nihoyatda past bo‘lgan, juda zaif va qobiliyatsiz odamga ulkan kuch berishdan ko‘ra xavfliroq narsa yo‘q", – dedi Tramp Viskonsin shtatining Miluouki shahrida tarafdorlari oldida qilgan chiqishida.